Donetskda qonli amaliyotlar davom etmoqda


Donetsk Xalq Respublikasi vakili, 28-may, 2014

Donetsk Xalq Respublikasi vakili, 28-may, 2014

"Amerika Ovozi" olgan xabarlarga ko’ra, Ukraina armiyasining Donetskda o`tkazayotgan aksilterror amaliyoti paytida 100 dan oshiq odam o`lgan, aksariyati tan olinmagan Donetsk Xalq Respublikasi mudofaachilari. Aholi orasida ham qurbonlar bor.

Ukraina hukumati vakili Vladislav Seleznyov deydiki, qurolli kuchlar tinch aholini nishonga olayotgani yo`q.

Rasmiyning qayd etishicha, amaliyot to`xtatilmaydi, separatistlarga qurollarini topshirish sharti qo`yilgan, aks holda ular nishonda.

Rossiya nazarida esa Donetskda gumanitar inqiroz yuzaga kelgan. Prezident Vladimir Putin zudlik bilan “tinch aholini jazolash amaliyotini” to`xtatishni talab qilmoqda.

Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Petro Poroshenko Donetsk viloyatiga safar qilish niyatida.

U, shuningdek, vaziyatni barqarorlashtirish uchun Rossiya rahbariyati bilan muzokaraga shay ekanini aytmoqda.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG