G'alabadan ruhlangan Ukraina hukumati isyonchilarga talab qo'ymoqda

  • Amerika Ovozi

Ukraina qurolli kuchlari

Ukraina qurolli kuchlari

Ukraina hukumati sharqdagi isyonchilar qurolini topshirmaguncha ular bilan sulh haqida muzokara bo’lmasligini bildirmoqda.

Mudofaa vazirligi separatistlarga qarshi kurashda armiyaning qo’li baland kelayotganini ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, uch oylik to’qnashuvlar natijasida 400 kishi nobud bo’lgan.

Bo’lginchi kuchlar hozir Donetsk shahrida o’rnashib, barrikada va nazorat punktlari o’rnatmoqda. O’tgan hafta ular Slavyansk shahrini tashlab chiqishga majbur bo’ldi.

Xabarlarga ko’ra, ikki shaharni bog’lovchi uch ko’prikdan ikkitasi portlatilgan. Bu ish ortida kim turgani ma’lum emas.

Ukraina armiyasi Donetsk va unga qo’shni Lugansk shaharlarini qamalga olishini bildirmoqda. Lugansk ham isyonchilar qo’lida. Ular har ikki viloyatda mustaqillik e’lon qilib, xalq respublikalariga asos solgan.

Bu o'rtada Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Yevropa Ittifoqi rasmiylari kelasi hafta bilan uchrashib, Rossiyadan qit’aga tabiiy gaz uzatish bo’yicha muzokara qilmoqchi. Yaqinda Bryusselda Ukraina rasmiylari ishtirokida o’tgan muloqot natija bermadi. Rossiya gazi Yevropaga Ukraina orqali uzatiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG