Ukrainaning bo'lginchi hududlarida saylovlar o'tdi

  • Amerika Ovozi

Donetsk shahrida ovoz berishga navbatda turgan aholi, Ukraina, 2-noyabr, 2014-yil

Donetsk shahrida ovoz berishga navbatda turgan aholi, Ukraina, 2-noyabr, 2014-yil

Ukraina sharqidagi ikki bo'lginchi hududda bugun saylovlar o'tmoqda. Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasida yangi rahbarlar va parlament saylandi.

G'arb va Kiyevdagi markaziy hukumat jarayonni tan olmasligini bildirgan, biroq Rossiya matbuotiga ko'ra AQSh, Yevropa, Rossiya va Isroildan 300 ga yaqin kuzatuvchi saylov uchastkalarida ishlagan.

Yevropa Ittifoqi va Qo'shma Shtatlar saylovlarni noqonuniy deb, Ukraina konstitutsiyasi hamda 5-sentabrda isyonchilar va hukumat o'rtasida erishilgan sulhga zid ekanini ta'kidlamoqda.

Rossiya saylov natijalarini tan olishini bildirgan. Yevropa Ittifoqi rahbarlari Kremldan bunday qilmaslikni so'ramoqda. Ular nazarida saylovlar Ukraina sharqidagi ixtilofni yanada chuqurlashtiradi.

"Agar Kiyev saylovlardan so'ng Donetsk Xalq Respublikasini tan olsa va tortib olingan yerlarini qaytarsa, Ukraina bilan iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yib, teng hamkor sifatida ish qilishga tayyormiz", - dedi Donetskdagi isyonchilar rahbari Aleksandr Zaxarchenko.

Rossiyaning Voronej, Belgorod va Rostov oblastlarida ham uchastkalar ochilgan. Fuqarolik urushidan Rossiyaga qochgan ukrainaliklar ovoz bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG