Slavyanskda isyonchilar hukumat vertolyotini urib tushirdi

  • Amerika Ovozi

Ukraina sharqidagi ahvol bugun AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel uchrashuvida asosiy mavzulardan.

Ukraina sharqida rusparast kuchlar qo’lidagi shaharda to’qnashuvlar kuzatilgan.

Hukumat Slavyansk shahrini bu guruhlar qo’lidan qaytarib olishga uringan va hududga vertolyotlar jo’natgan. Rossiyaga moyil isyonchi guruhlar esa ikki vertolyotni urib tushirgani, ikki uchuvchi o’lgani aytiladi.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov isyonchilardan garovdagi odamlarni qo’yib yuborishni, qurolini tashlab, hukumat binolarini bo’shatishni talab qilmoqda.

Moskvada esa prezident Vladimir Putin ma’muriyati nazarida rasmiy Kiyev harbiy chorani ishga solib, tinchlikka umidni puchga chiqardi.

Putin kecha Ukrainadan Rossiya bilan chegaradosh hududlardan o’z harbiylarini qaytarib olishni talab qildi.

U bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefonda gaplashgan.

Merkel bugun Vashingtonda prezident Barak Obama bilan uchrashmoqda.

Shuningdek, kecha Ukraina muvaqqat rahbari Aleksandr Turchinov sharqdagi bir necha shaharni qamal qilgan rossiyaparast kuchlarni jilovlash uchun favqulodda armiyaga chaqiruv e’lon qildi. Kuni-kecha rasmiy Kiyev qurolli kuchlarni shay holatga keltirgan edi.

O’tgan hafta Turchinov sharqdagi isyonchilarga qarshi ojiz ekanini, armiyani nazorat qilishga qiynalayotganini tan olgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG