G'arb Ukrainaga iqtisodiy yordam va'da qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton Kiyevda inqilob natijasida qamoqdan chiqqan sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenko bilan uchrashmoqda, 25-fevral, 2014-yil

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton Kiyevda inqilob natijasida qamoqdan chiqqan sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenko bilan uchrashmoqda, 25-fevral, 2014-yil

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton Ukrainaga jiddiy xalqaro yordam taklif qilmoqda. U bugun Kiyevda bo’lib, muvaqqat rahbarlar bilan uchrashdi. Uning aytishicha, xalqaro moliyaviy institutlar iqtisodiy yordam ustida o’ylanmoqda.

Eshton Rossiyani ham qo’shni respublikaga yordam berishga chaqirdi. Parlament payshanba kuni yangi hukumat tartibini e’lon qilishi kutilmoqda.

Ayrim xabarlarga ko’ra, Xalqaro valyuta fondi Ukrainaga 20 milliard dollar berishi mumkin, biroq muvaqqat prezident Oleksandr Turchinovning aytishicha, mahalliy iqtisodiyotni tiklash uchun 35 milliard dollar zarur.

AQSh davlat kotibining o’rinbosari Uilyam Byorns ham hozir Kiyevda. Davlat departamentiga ko’ra, Byorns yangi hukumatdan may oyiga belgilangan prezident saylovlarini ochiq va erkin o’tkazishga chaqiradi.

Ukraina Xalqaro jinoiy sudga a’zolik haqidagi bitimni imzolab, endi hokimiyatdan quvilgan prezident Viktor Yanukovichni Gaagadagi xalqaro sudga topshirmoqchi. U namoyishchilar qonini to’kishga buyruq berganlikda ayblanmoqda.

Yanukovichning hozir qayerdaligi ma’lum emas.

Oq uy matbuot kotibi Jey Karnining aytishicha, Qo’shma Shtatlar Ukrainaga moliyaviy yordam berishga tayyor.

Mamlakat ayni damda ikkiga bo’lingan. Uning bir qismi G’arb bilan, boshqa qismi esa Rossiya bilan yaqinroq bo’lishni istaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG