Poroshenkoning partiyasi Ukrainadagi saylovlarda g'oliblikka asosiy da'vogar

  • Amerika Ovozi

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko

Ukrainada yakshanba kungi parlament saylovlaridan oldin Prezident Petro Poroshenkoning partiyasi ommaviy so'rovlarda 30 foiz bilan oldinda ketmoqda.

Populist chiqishlari bilan tanish Oleg Lyashkoning Radikal partiyasi 13 foiz bilan ikkinchi o'rinda.

Saylovchilarning 11 foizi ovozlarini Bosh vazir Arseniy Yatsenyukning Xalq frontiga berishini bildirgan.

Kiyevdagi hukumatga qarshi kurashayotgan sharqdagi isyonchilar saylovlarni boykot qilib, o'z hududida 2-noyabr kuni alohida saylov o'tkazmoqchi.

Jami saylovlarda 29 partiya ishtirok etadi.

Rossiya prezidenti ma'muryatining rahbari Sergey Ivanov Rossiya Ukrainadagi saylovlarni tan oladi deb aytdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aleksandr Lukashevich deydiki, saylovlarni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti missiyasi tarkibida rossiyalik kuzatuvchilar ham bo'ladi.

Ukraina sharqida markaziy hukumatga bo'ysunmayotgan kuchlar Novorossiya deb atayotgan hududda o'z saylovlarini o'tkazadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG