Ukraina Yevropa Ittifoqini xafa qildi

  • Amerika Ovozi

Ukrainahukumati bu qarorini iqtisodiy pragmatizm va xavfsizlik bilan izohlayapti.

Ukrainahukumati bu qarorini iqtisodiy pragmatizm va xavfsizlik bilan izohlayapti.

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlovchi muhim hujjatni imzolashni keyinga qoldirgan.

Ukraina Bosh vaziri Mikola Azarov buni iqtisodiy pragmatizm va xavfsizlik bilan izohlayapti.

Yevropa bilan integratsiya hamon ustuvor maqsadlardan biri, deya ta’kidlaydi u. Tahlilchilar ta’rifiga ko’ra, Ukraina qarori ortida sobiq sovet davlatlarini o’z ta’sir doirasida ushlab qolishga urinayotgan Rossiya turibdi.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton Kiyevning harakatidan afsusda, ammo mamlakat bilan hamkorlikni davom ettirish zaruratini eslatmoqda.

Hujjatda Yevropa bilan savdo va hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenkoni qamoqdan ozod qilish haqidagi band bor edi.

Bu orada, Ukraina Rossiya boshliq boj ittifoqi a’zolari – Belarus va Qozog’iston bilan muzokaralarni jonlantirish niyatida.

Kiyevda esa yuzlab odamlar namoyishga chiqib, G’arb bilan ittifoqqa pand bergan qarorni tanqid qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG