Ukraina g'arbida AQSh yetakchiligida harbiy mashqlar boshlandi

  • Amerika Ovozi

Bugun Ukraina g’arbida AQSh yetakchiligida 12 kunlik harbiy mashqlar boshlanadi. Mashg’ulotlarda 15 mamlakatdan 1300 harbiy qatnashadi.

G’arb Rossiyani Ukraina ichki ishlariga aralashayotganlikda, sharqdagi isyonchilarga yordam berayotganlikda ayblar ekan, harbiy mashg’ulotlar AQSh va Yevropaning Ukraina hukumatiga bo’lgan xayrixohligini namoyish etishga qaratilgan.

Shu hafta Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Vashingtonda bo’lib, AQSh rahbari Barak Obama bilan uchrashadi. Tomonlar mojaroga yakun yasashning diplomatik yo’llari xususida gaplashadi.

Minskda imzolangan sulhga qaramay, Ukraina sharqida to’qnashuvlar hamon davom etmoqda.

Kecha Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilari Donetskda hujumga uchragan. Ular ketayotgan mashinadan 200 metr narida to’rtta snaryad portlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG