Ukraina armiyasi isyonchilar bilan olishuvda 13 askar yo'qotgan

  • Amerika Ovozi

Isyonchilar Donetskda tankda ketmoqda, 1-fevral, 2015-yil

Isyonchilar Donetskda tankda ketmoqda, 1-fevral, 2015-yil

Ukraina rasmiylari so'nggi bir kunda sharqdagi isyonchilar bilan janglarda 13 askar nobud bo'lganini ma'lum qildi. Mudofaa vazirligi matbuot kotibiga ko'ra, 20 zobit yaralangan.

Kecha Minskda Ukraina bo'yicha uch tomonlama aloqa guruhi bir necha soat majlis qilgan. Rossiya, Ukraina, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va isyonchilar vakillari o'rtasidagi muloqot natija bermadi.

Bayonotda aytilishicha, isyonchilar bilan yangi sulhga kelishilmadi, chunki ular hukumatni sentabrda imzolangan sulh shartlarini bajarmay, harbiy harakatlarni avj oldirganlikda aybladi.

Shanba kuni Donetsk va Lugansk viloyatlarini bir-biriga ulovchi Debalsevo shahri uchun janglarda 12 fuqaro o'lgan. Hukumat kuchlari temiryo'lni nazorat qilmoqda. Isyonchilar Debalsevo yonida 10 ming sonli qo'shinlar qurshovga tushganini ma'lum qilmoqda. Kiyev bu da'volarni inkor etyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG