Ukraina Germaniyadan 600 million dollar olishga umid qilyapti

  • Amerika Ovozi

Germaniya kansleri Angela Merkel va Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Bryusselda, 6-mart, 2014-yil

Germaniya kansleri Angela Merkel va Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Bryusselda, 6-mart, 2014-yil

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bugun Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muloqot qilib, iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan mamlakati uchun moliyaviy yordam olishga harakat qiladi.

Iqtisodchilar nazarida agar Ukrainaga qo'shimcha kredit berilmasa, mamlakat shu yiliyoq defoltga uchrashi mumkin.

Germaniya shu munosabat bilan 600 million dollar berishi kutilmoqda. Pulning bir qismi urushdan vayron bo'lgan sharqiy viloyatlarni tiklashga sarflanishi aytilmoqda.

Germaniya kredit olishdan oldin Kiyev ayrim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishi kerak deya shart qo'ygan edi. Yangi parlament bu borada bir necha qonun qabul qilgan.

Bu o'rtada Germaniya hukumatining internetdagi sahifalari xakerlar hujumiga uchrab bir muddat ishlamagan. Xuruj ortida turgan "Kiber-Berkut" guruhi Ukraina hukumatini o'z xalqiga qarshi qirg'inda ayblab, Germaniyadan u bilan aloqani uzishni talab qilmoqda.

Guruh nazarida hukumat Germaniyadan olingan yordam puliga qurol sotib olib, sharqda harbiy harakatlarni davom ettirmoqchi.

Shu kungacha mojaroda 4700 dan ziyod odam o'lgan.

15-yanvar kuni Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Ostonada Fransiya, Rossiya va Germaniya rahbarlari bilan uchrashib, sharqdagi urushga yakun yasash yo'llari xususida gaplashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG