Breaking News

Ukraina armiyasi kassetali bombalar haqidagi ayblovlarni inkor etmoqda


Lugansk, Ukraina
Lugansk, Ukraina

Inson huquqlariga doir masalalarni o'rganuvchi ikki xalqaro tashkilot so'nggi hisobotlarida Ukraina armiyasi va sharqdagi isyonchilarni mudhish jinoyatlarda ayblagan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi harbiylar aksilteror amaliyotlarida man qilingan qurollarni ishlatmayotganini ta'kidlamaqda.

Ukraina - Urush jinoyatlari - Inson huquqlari - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:01 0:00
Yuklab oling

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi so'zchisi Yevgeniy Perebiynos "Human Rights Watch" yaqinda bayon qilgan tanqidiy ma'lumotlarni inkor etayapti.

Rasmiy deydiki, Ukraina armiyasi man qilingan qurollar ishlatgani haqida xabar tarqatgan obro'li bu tashkilot provokatsiya nishoniga aylangan bo'lishi mumkin.

Aslida bu kassetali bombalar separatistlar tomonidan ishlatilgan, deydi u.

Donetsk va Lugansk viloylatlarida ishlayotgan Yevropa kuzatuvchilari ham Ukraina armiyasi kassetali bombalar qo'llaganini tasdiqlay olmasliklarini bildirgan.

"Human Rights Watch" aksilteror amaliyotlari davom etayotgan Donetsk viloyatida o'tkazgan tadqiqotlariga tayanib, Ukraina harbiylari aholi punktlarida taqiq qo'yilgan qirg'in qurollaridan biri sanalgan kassetali bombalar ishlatgan deya xulosa qilgan edi.

Tashkilot hisobotida xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasining Donteskda ishlagan mutaxassissi Loran Dyu Pasker aynan kassetali bombadan halok bo'lgani qayd etadi.

Kiyevdan siyosiy sharhlovchi Sergey Kostinskiy nazarida "Human Rights Watch" adashayotgan bo'lishi mumkin.

"Human Rights Watch" Ukraina armiyasini harbiy jinoyatlarda ayblayotgan yagona tashkilot emas. Avvalroq Xalqaro Amnistiya ham harbiylar isyonchilarni qatl etmoqda deya xabar bergan edi.

Xalqaro Amnistiyaning Ukrainadagi vakolatxonasiga ko'ra huquq himoyachilarining o'z hayotlarini xavf ostiga qo'yib tayyorlayotgan hisobotlari e'tiborsiz qolmoqda. Hukumat ular yuzasidan hozirgacha biror aniq surishtiruv o'tkazmagan.

Xalqaro Amnistiya aksilterror amaliyotlarda qatnashayotgan ko'ngilli batalyonlar tinch aholiga nisbatan bosim o'tkazayotgani haqida ham ogohlantirib keladi.

“Aydar” batalyoni qo'mondoni Sergey Melnichuk Xalqaro Amnistiya arizasiga binoan prokuratura tekshiruv o'tkazmoqda, deydi.

“Bu borada prokuratura ham, harbiy prokuratuta ham surishtiruv boshladi. Biroq bu da'volarni tasdiqlovchi biror dalil topilgani yo'q”, - deydi u.

Sergey Melnichuk deydiki, so'nggi paytda “Aydar” batalyoni nomidan turli qallobliklarga qo'l urayotgan guruhlar paydo bo'lgan.

"Human Rights Watch" ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Xyu Uilyamsonning xalqaro axborot vositalariga tushuntirishicha, kassetali bombalar ishlatilgani borasidagi ma'lumot yig'ishda harbiy mutaxassislar yordam bergan.

Tashkilot bayonoti Ukrainaning yaqin hamkori Germaniya e'tiboridan chetda qolmagan. Nemis hukumati bu masala yuzasidan xalqaro tekshiruv boshlash kerak deya talab qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG