Ukraina xorijlik o'nlab jurnalistni mamlakatga kiritmaydi

  • Amerika Ovozi

Prezident Poroshenko 41 jurnalist va blogerga bir yil davomida mamlakatga kirishni taqiqladi. Xalqaro tashkilotlar qarorni tanqid qilayapti.

Prezident Poroshenko 41 jurnalist va blogerga bir yil davomida mamlakatga kirishni taqiqladi. Xalqaro tashkilotlar qarorni tanqid qilayapti.

Prezident Petro Poroshenko 41 jurnalist va blogerga bir yil davomida Ukrainaga kirishni man qilib qo'ydi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi farmonni tanqid qilmoqda.

Ukrainada axborot erkinligiga tahdiddir bu, deyiladi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining bayonotida. Hukumat terrorizmga qarshi kurashda, fuqarolar va davlat xavfsizligini himoya qilishga haqli, deydi tashkilot vakilasi Dunya Miyatovich. Lekin jurnalistlar faoliyatiga halaqit beruvchi to'siqlar xavfsizlikni kafolatlashga xizmat qilmaydi, deydi u.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi ham shu fikrda. Ommaviy axborot vositalarining faoliyati sizga yoqmasligi mumkin, lekin jurnalistlarni davlat xavfsizligiga tahdid deya tamg'alash to'g'ri qadam emas, deydi qo'mita rasmiysi Nina Ognianova.

Qora ro'yxatga tushgan muxbirlar orasida Bi-Bi-Sining Moskvadagi uch jurnalisti - Stiv Rozenber, Emma Vells, Anton Chicherovlar bor. Poroshenko bu jurnalistlarni ro'yxatdan olib tashlashga ko'rsatma bergan.

Poroshenkoning farmoniga ko'ra, mamlakatga kirishi taqiqlangan jurnalistlar Ukraina xavfsizligi, davlat manfaatlari, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdiddir.

Ro'yxatda Bolgariya, Estoniya, Germaniya, Vengriya, Isroil, Qozog'iston, Latviya, Makedoniya, Moldova, Polsha, Rossiya, Serbiya, Slovakiya, Ispaniya, Shveytsariya va britaniyalik jurnalist hamda blogerlar bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG