Breaking News

Ukrainada qonli xurujlar, 26 kishi o'lgan

Ukrainada 15-fevraldan binoan yangi sulh kuchga kiradi. Rossiya, Fransiya, Germaniya va Ukraina rahbarlari Belarus poytaxti Minskda shunga kelishib olgan.

13-fevral kuni Ukraina sharqida yuz bergan hujumlarda 26 kishi, xususan ukrain askarlari va fuqarolari o'lgan.

Amerika Rossiyani ayblamoqda. Vashington nazarida sulh deb bong urib turgan Kreml sharqdagi separatistlarni zimdan qurol bilan ta'minlashda davom etmoqda.

Rossiya buni inkor etadi. 10 oy ichida Ukrainada 5400 kishi nobud bo'ldi.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG