Senator Makkeyn: NATO Ukrainani qurollantirsin

  • Amerika Ovozi

Ukraina askari

Ukraina askari

AQSh Senati Tashqi aloqalar qo’mitasi vakili Jon Makkeyn NATO vakillarini Ukrainani qurollantirishga chaqirdi.

Respublikachi senator Rossiyani bosqinchilikda ayblab, Moskvani yanayam kuchliroq sanksiyalar bilan jazolashga da’vat etayapti.

Makkeyn Kiyevda Ukraina rasmiylari bilan ko’rishib qaytib, G’arbni Rossiyaning agressiv harakatlarini oshkora qoralashga ojizlik qilayotganlikda aybladi.

“G’arb davlatlari bir necha oydan beri Ukrainaga qurol jo’natsak, Rossiya bosqiniga yo’l ochiladi, deya bahona qiladi. Holbuki, Kreml baribir Ukrainaga bostirib kirdi. Putin G’arbning sustklashligidan foydalandi”, - dedi Makkeyn.

Senator nazarida Vladimir Putin Rossiya imperiyasini qayta tiklamoqchi. U erkin, demokratik Ukrainani ko’ra olmaydi.

Chunki Ukraina ozod bo’lsa, Rossiya xalqi ham tez orada huddi shu talablar bilan bosh ko’tarishi aniq, deydi respulikachi siyosatchi.

Senator dekabrda ham Kiyevda bo'lib, namoyishchilarni yoqlagan edi. 15-dekabr, 2013-yil.

Senator dekabrda ham Kiyevda bo'lib, namoyishchilarni yoqlagan edi. 15-dekabr, 2013-yil.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG