Ukraina, Amerika qo'shma harbiy mashqlarni boshladi

  • Amerika Ovozi

Ukraina g'arbida mahalliy va xalqaro, jumladan, Amerika qo'shinlaridan iborat harbiy mashg'ulotlar boshlandi.

Ukraina g'arbida mahalliy va xalqaro, jumladan, Amerika qo'shinlaridan iborat harbiy mashg'ulotlar boshlandi.

Ukraina g'arbida mahalliy va xalqaro, jumladan, Amerika qo'shinlaridan iborat harbiy mashg'ulotlar boshlandi.

Dushanba kuni mashqqa kirishgan bu harbiylar 18 davlatdan kelgan. Bu orada, sharqiy viloyatlarda sulhga qaramasdan isyonchilar va mahalliy armiya o'rtasida olishuvlar davom etayapti.

Mashg'ulotlarda ishtirok etayotganlar taxminan 1800 askar, NATOga a'zo, xususan, Ozarbayjon, Kanada, Britaniya, Gruziya, Polsha, Turkiya, AQSh, Norvegiya va boshqa mamlakatlardan. Marosim Ukraina va Polsha chegarasidagi Lvov regionida o'tayapti.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mashqlarni tanqid qildi. NATO shu tariqa Kiyevning Ukraina sharqidagi harakatlarini to'laqonli qo'llab-quvvatlayapti, natijada mintaqada har kuni oddiy fuqarolar nobud bo'layapti, deyiladi vazirlik bayonotida.

Tadbir Ukraina hukumati va qurolli kuchlarining iltimosi bilan o'tkazilmoqda. Ukraina Mudofaa vazirligining bildirishicha, mashqlar ikki hafta davom etadi.

Bu orada, sharqda olishuvlar kuchaygan. Oxirgi 24 soatda Donetsk viloyatida besh askar jarohatlangan. Yakshanba kuni janglarda to'rt nafar oddiy fuqaro jon bergani ma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG