Breaking News

Rossiya-Ukraina ziddiyati yadro qurolidan qutulish yo'lida to'siq


Tourists enjoy a sunny day as they cruise the Vltava river in a pedal boat near the famous Charles bridge in Prague, Czech Republic.
Tourists enjoy a sunny day as they cruise the Vltava river in a pedal boat near the famous Charles bridge in Prague, Czech Republic.
Ukraina o’zining yadro arsenalini 1990-yillarda Rossiyaga topshirib, evaziga Kreml bu davlat suverenitetini e’zozlashga va’da bergan edi. Ayrim tahlilchilar nazarida Rossiyaning yaqinda Ukrainaga qilgan muomalasi jahonda yadro qurolidan qutulish ishlariga ziyon qilishi mumkin.
Ukraina-Rossiya ziddiyati va yadro quroli tarqalishiga qarshi kurash/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00
Yuklab oling

G’arb tanqidiga ko’ra, Rossiya Qrimni o’ziga qo’shib olib, Ukrainaning mustaqilligini hurmat qilish va’dasini buzdi.

Bundan xulosa qilgan boshqa davlatlar yadro qurolidan qutulish fikridan qaytishi mumkin. Yadro arsenali yo’q mamlakatlar esa ommaviy qirg’in qurolini yaratishga tushishi hech gapmas.

Mavjud mulohaza shuki, Rossiya 1994-yilgi Budapesht bitimini oyog’osti qildi. Vashingtondagi Amerika Universiteti xalqaro aloqalar bo’limi dekani Jeyms Goldgayer gapiradi:

“Rossiya, Britaniya va Amerika o’shanda Ukrainaning hududiy yaxlitligi va siyosiy suverenitetini kafolatlagan, iqtisodiy bosim o’tkazmaslikka va’da berilgan edi. Bugun mazkur kelishuv buzildi”.

Bu esa yadro quroli tarqalishining oldini olish ishlariga halaqit berishi mumkin.

“Voqealarni kuzatib turgan davlatlar atom qurolidan qutulish fikridan qaytishi ehtimoldan xoli emas. Boshqalar esa bunday arsenalni qo’lga kiritish yo’llarini izlashga tushadi. Chunki Ukraina bugun yadroviy davlat bo’lganida Rossiya bunaqa qo’pol muomala qilmasdi”, - deydi Goldgayer.

Qurol nazorati bo’yicha xususiy uyushma rahbari Deril Kimbolning aytishicha, Budapesht bitimida G’arb Ukraina suverenitetini qurol bilan himoya qilishga majbur degan gap yo’q. Lekin Rossiya muammo chiqargani rost.

“Amerika, Rossiya va Yevropa hozirgi vaziyatga aniqlik kiritishi lozim. Aks holda BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi kafolatlariga ishonch yo’qoladi”, - deydi Kimbol.

Ukrainaga yadro quroli baribir kerak emas edi, deydi Jon Xayns, Tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotlar instituti olimi.

“Bu arsenalning ahvoli xarob edi. Unga qarash, eplash qiyin edi. Boshqa davlatga qarshi qo’llash u yoqda tursin, yadro quroli aslida Ukrainaning o’ziga xavf solayotgan edi”, - deydi u.

Deril Kimbolning aytishicha, mamlakatlar yadro arsenalidan qutulishda boshqa omillarni ham inobatga oladi.

“Davlatlar o’z yadro qurolini yo’q qilmoqchi bo’lsa, misol uchun, Shimoliy Koreya ham yadro dasturini tugatmoqchi bo’lsa, nafaqat xavfsizlik, balki boshqa siyosiy imtiyozlarni ham o’ylab qaror chiqaradi”, - deydi Kimbol.

Uning nazarida Rossiyaning Ukrainada qilgan ishlari yadro quroli tarqalishining oldini olishga qanday ta’sir qilishini vaqt ko’rsatadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG