Yevropa yetakchilari Ukraina tinchlik rejasini muhokama qiladi

  • Amerika Ovozi

Ukraina tanklari mamlakat sharqida

Ukraina tanklari mamlakat sharqida

Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina yetakchilari 19-oktabr kuni Berlinda yig'ilib, Sharqiy Ukrainadagi zo'ravonlikka chek qo'yish maqsadida qabul qilingan Minsk tinchlik sulhining kelajagini muhokama qiladi.

Germaniya hukumati so'zlovchisi Steffen Seybertning aytishicha, Germaniya kansleri Angela Merkel mintaqada tinchlik o'rnatishning navbatdagi bosqichlari haqida gaplashish uchun xorijiy davlat yetakchilarini Berlinga taklif qilgan.

Ammo u bu yig'inda barcha muammolarga yechim topilishini umid qilmaslik haqida ogohlantirdi.

Yig'indan maqsad Rossiya 2014-yil Qrim yarimorolini bosib olishi ortidan yuzaga kelgan vaziyatda Ukraina chegaralarini qayta ko'rib chiqish ekani aytilmoqda. Kreml sharqiy Ukrainadagi isyonchi kuchlarni qo'llab-quvvatlab keladi.

2014-yil sentabr oyida Belorussiya poytaxtida imzolangan sulhga ko'ra, Ukraina mamlakat sharqidagi viloyatlarga kengroq avtonomiya berishga rozi bo'lgan.

Kiyev Rossiyani Ukraina-Rossiya chegarasidagi ayirmachilarga sulh shartlarini bajarish uchun yetarli darajada ta'sir o'tkaza olmayotganlikda ayblaydi.

Rossiya o'z navbatida Ukrainani sharqiy hududlarga avtonomiya berish bo'yicha zarur qonuniy islohotlarni o'tkazmayotganini tanqid qiladi.

Tomonlar sulh shartlariga rozi bo'lgan, ammo hududda to'qnashuvlar butunlay to'xtagani yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG