Ukrainada samolyot urib tushirilib, 49 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Luganskda yo'q qilingan harbiy samolyot, 14-iyun, 2014

Luganskda yo'q qilingan harbiy samolyot, 14-iyun, 2014

Ukrainada rossiyaparast kuchlar harbiy samolyotni o’qqa tutgani aytilmoqda. 40 desantchi va samolyot ekipajining to'qqiz a'zosi halok bo’lgan. Voqea Lugansk aeroportida yuz bergan.

Hukumat javobgarlar ushlanib, adolat oldida javob beradi deya va’da qilmoqda. Mamlakat motamda.

AQSh hukumatiga ko’ra, Rossiya Ukrainadagi separatist kuchlarga tank va og’ir qurollar berganini tasdiqlovchi ma’lumotlar bor.

T-64 rusumidagi uch tank, bir necha granatamyot va harbiy mashinalar, deydi Meri Xarf, departament rasmiysi.

Kreml, deydi u, bu haqiqatni rad eta olmaydi, hammasi Amerikaga oydek ravshan.

NATO nazarida bu ma’lumotlar Rossiya Ukraina hukumatiga qarshi urush olib borish harakatida ekanini ko’rsatmoqda. Bu esa, deydi Bosh kotib Anders Fog Rasmussen mojaro hali-beri barham topmasligini anglatadi. Kremlga ishonch yo’q, deydi u.

Ukraina kuchlari Mariupol shahrini bo’lginchi kuchlardan tortib olgan.

Prezident Petro Poroshenko Rossiya bilan muzokara va murosa haqida gapirmoqda. Lekin separatist kuchlarga chegara osha bu davlatdan yordam kelayotgani vaziyatni yanada og’irlashtirsa ajabmas.

Bugun Kiyevda Kreml siyosatini qoralagan namoyishchilar Rossiya elchixonasiga tuxum va axlat otgan. Biror shaxsga ziyon yetmagan lekin voqea "pogrom" dega tasvirlanmoqda. Mashinalar ag'darilgan, diplomatik bino bo'yab tashlangan. Namoyishchilar tunga ham elchixona oldidan ketmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG