Breaking News

Ukraina prezidenti parlamentni tarqatib yubordi


Petro Poroshenko Ukraina parlamentida o'z qarorini e'lon qildi. Kiyev, 25-avgust 2014-yil
Petro Poroshenko Ukraina parlamentida o'z qarorini e'lon qildi. Kiyev, 25-avgust 2014-yil

25-avgust kuni Petro Poroshenko Ukraina paramentini tarqatish haqidagi qarorini e’lon qildi. 26-oktabrda saylovlar o’tkaziladi.

Bunday qaror 24-iyul kuni hokimiyatdagi koalitsiya parchalanganidan buyon kutilayotgan edi.

Poroshenko va uning rahbarligidagi hukumat Yevropa bilan yaqinlashish siyosatini olib bormoqda. Moskva norozi. Fevral oyida Kreml qollab-quvvatlagan prezident Viktor Yanukovich hokimiyatdan ag’darilganidan buyon ikki davlat o’rtasida urush holati vujudga keldi. Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga bel bog’lagan Poroshenko qonuniy yo’l bilan saylangan parlament Rossiya bilan aloqalarni ham normallashtirishga hissa qo’shishiga umid qilmoqda.

“Men parlamentni tarqatib, 26-oktabrga yangi saylovlarni belgiladim”, - deya ma’lum qildi prezident Poroshenko o'zining “Tvitter” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi orqali.

U liberal qarashga ega tarafdorlar bilan saylovchilarga Ukrainaning yo’li Yevropaga intergratsiyalashish ekanini targ’ib qiladi.

Bunday siyosatga qarshi Kreml Viktor Yanukovich prezidentilikdan quvilganidan keyin Qrimni Rossiyaga qo’shib oldi. Ukrainada rossiyaparast qo’shinlar Ukrainadan ajralib chiqish niyatini bildirdi va hozirda hukumatga qarashli kuchlarga qarshi janglar olib bormoqda.

Poroshenko bunda Kreml qo’li bor deb keladi. Moskva esa bunday iddaolarni inkor etadi.

Poroshenko saylov natijasida parlament “eski gvardiya”ga qarashli siyosiy arboblardan tozalanadi degan umidda. U, shuningdek, yangi qonuniy organ ko’p yillar davom etgan korrupsiya va egri ishlardan so’ng jiddiy siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir koalitsiya bo’lishiga umid qilayotganini aytdi.

“Hozirgi parlament bir yarim yil davomida Yanukovichni qo’llab-quvvatlagan. Aksariyat deputatlar “Samo yuzligi” a’zolari o’limiga olib kelgan diktatorlik qonunlarni qabul qilgan”, - dedi prezident Kiyevdagi namoyishlarda jon bergan faollarni nazarda tutib.

“Buning uchun kimdir mas’uliyatni o’ziga olishi kerak – jinoiy va siyosiy ma’suliyatni”, - dedi u, ayrim deputatlarni separatistlarni qo’llayotganda ayblar ekan.

“Ko’pgina deputatlar separatist jangarilarga bevosita homiylik qilmayotgan bo’lsa-da, ularni qo’llav-quvvatlaydi. Men Donbassdagi g’alaba va parlamentdagi demokratik islohotlar tarafdorlari g’alabasi bir-biriga bog’liq jarayonlar, deb hisoblayman,” – dedi Poroshenko.

Ukraina sharqidagi Donbass mintaqasida asosan rusiyzabon aholi istiqomat qiladi. Donetsk va Lugansk Ukrainadan ajralib chiqqan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG