Poroshenko AQShdan 46 million dollar yordam bilan qaytdi

  • Amerika Ovozi

"Bizni tushuning, yopinchiq va tunda ko’radigan oynaklar muhim, biroq urushni ko’rpa bilan yutib bo’lmaydi”, - dedi Poroshenko qonunchilarga qarata.

"Bizni tushuning, yopinchiq va tunda ko’radigan oynaklar muhim, biroq urushni ko’rpa bilan yutib bo’lmaydi”, - dedi Poroshenko qonunchilarga qarata.

Amerika Ukrainaga qurol-aslaha jo’natmoqchi emas. Ukraina rahbari Petro Poroshenko kecha Oq uyda Prezident Barak Obama bilan ko’rishgan, qurol bobida biror va’da berilmagan.

Obama Ukraina mojarosini xalqaro hamjamiyatning siquvi yordamida hal qilishga harakat qilishda davom etamiz, degan.

Poroshenko esa Kongressda qilgan chiqishida harbiy yordam zaruratini yana eslatdi.

“Harbiy va noharbiy aslaharga nihoyatda muhtojmiz. Iltimos, bizni tushuning, yopinchiq va tunda ko’radigan oynaklar muhim, biroq urushni ko’rpa bilan yutib bo’lmaydi”, - dedi Poroshenko qonunchilarga qarata.

Qo’shma Shtatlar, shu bilan birga, Ukraina qurolli kuchlarini qo’llab-quvvatlash uchun 46 million dollar va’da qilmoqda.

Ukrainadagi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG