Poroshenko, Putin telefonda gaplashib oldi

  • Amerika Ovozi

Kremlning bildirishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Petro Poroshenko telefonlashib, Ukraina sharqida tinchlikka erishish haqida gaplashib olgan. Ikkisi shu hafta oxirida Milanda ham yuzma-yuz ko'rishishi kutilayapti.

Poroshenko va Putin, xususan, chegarada Rossiyaga xayrixoh isyonchilar va Ukraina armiyasi o'rtasida davom etayotgan to'qnashuvlar, tabiiy gaz bo'yicha tortishuv haqida fikr almashgan.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri kecha Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muloqot ketidan, Ukraina sharqidan xorijlik barcha qo'shinlarni olib chiqishga chaqirgan edi.

Milanda payshanba va juma kunlari Yevropa va Osiyo rahbarlarining sammiti rejada ekan, Putin joriy hafta boshida 17 ming askariga Ukraina bilan chegaradosh hududlardan chekinishni buyurdi.

Rossiya Ukrainaning o'zida askarlari borligini qat'iyan rad etib keladi. Isyonchi kuchlar esa rus harbiylaridan yordam olayotganini aytadi.

Seshanba kuni Ukraina-Rossiya chegarasi yonidagi Mariupol shahrida raketa hujumi oqibatida yetti kishi halok bo'lgan. Yana 15 odam jarohatlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG