Ukraina sharqidagi viloyatlarda referendum

  • Amerika Ovozi

Donetsk va Lugansk viloyatlarida referendum – odamlar suveren respublika tuzish masalasini ovozga qo’ymoqda.

Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida bugun referendum – odamlar suveren respublika tuzish masalasini ovozga qo’ymoqda.

Rasmiy Kiyev va G’arb davlatlari jarayonni tanqid qilayapti. Ovoz berish, saylovchilar ro’yxati ustidan mustaqil kuzatuv yo’q.

Ukraina muvaqqat prezidenti Oleksandr Turchinov regionlar mamlakatdan ajralib chiqib o’ziga choh qazigan bo’ladi, deydi.

Qo’shma Shtatlar referendumni davlatni yanada tarqoq, parokanda qilishga urinish deya ta'riflayapti.

G’arb rahbarlari Moskvani ayirmachilik kayfiyatini avj oldirishda ayblamoqda.

Ukraina 25-mayda prezident saylovlariga hozirlik ko’rar ekan, to’polonlar bunga halaqit bersa Fransiya va Germaniya Kremlni qo’shimcha sanksiya bilan jazolamoqchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG