Ukraina Rossiyani bosqinda ayblayapti

  • Amerika Ovozi

200 ta yuk mashinasidan iborat karvon chegarada bir necha kun turib, Ukraina rasmiylari gumanitar mahsulotni tekshiruvdan o’tkazishini kutgan.

200 ta yuk mashinasidan iborat karvon chegarada bir necha kun turib, Ukraina rasmiylari gumanitar mahsulotni tekshiruvdan o’tkazishini kutgan.

Ukraina Rossiyani sharqiy chegaralarni buzib kirganlikda ayblayapti.

Rossiyaning insonparvarlik yordami ortilgan karvoni Ukraina rasmiylarining ruxsatisiz mamlakatga kirgan. Rasmiy Kiyev bugun shunday bayonot bilan chiqqan.

200 ta yuk mashinasidan iborat karvon chegarada bir necha kun turdi, Ukraina rasmiylari gumanitar mahsulotni tekshiruvdan o’tkazishini kutdi. Moskva kutishdan charchadik va suv, ovqat, yopinchiqlar ortilgan mashinalar yo’lga chiqdi, deydi.

Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi karvonga hamrohlik qilmoqchi emas, chunki yuk Ukraina hukumati ko’rigidan o’tmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi izohiga ko’ra, gumanitar mahsulotning yo’lini to’sish uchun Kiyev har xil bahonalar o’ylab topgan. Shunga qaramasdan, mashinalar sharqiy viloyatlar tomon harakatlanishda davom etadi.

Ukraina hukumati gumonicha, Rossiya insonpavarlik yordamini eltish bahonasida Luganskdagi bo’lginchilarga qurol yetkazishga urinayontgan bo’lishi mumkin. Moskva bu da’voni safsata deya rad etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG