Breaking News

Katta Yettilik Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalarni kuchaytiradi


Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Rossiyani uning davlati havo chegaralarini buzganlikda ayblamoqda.

Rossiya agressiyasi global tinchlikni buzishga qaratilgan va Kreml jahon urushi boshlashga harakat qilayapti, deydi Yatsenyuk.

Rimdan turib so’zlar ekan, bosh vazir Rossiya samolyotlari 25-apreldan 26-aprelga o’tar kechasi “kamida yetti bor bizning hududimizga kirgan”, dedi.

“Ukrainada tinchlikni saqlash uchun qo’ldan kelgan barcha chorani ko’ramiz”,- deydi rasmiy sharqdagi tartibsizliklarga to’xtalar ekan.

Ukraina harbiy kuchlariga ajnabiy vositalar mamlakat sarhadiga kirsa, ularni nishonga olish buyurilgan.

Rossiya esa bo’lginchi kuchlar tomonidan garovga olingan xorijiy harbiy kuzatuvchilarni qutqarishda yordam bermoqchi. Bu kuzatuvchilar NATO josuslari deya qo’lga olingani aytiladi.

Aslida ular Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari.

Kreml Ukraina sharqidagi separatist kuchlarga aloqasi yo’qligini da’vo qilsa-da, ular bilan bu ish yuzasidan muzokara qilishga tayyor.

G’arbda bu kabi takliflarga ishonch past.

AQSh, Kanada, Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya Rossiyaga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirish harakatida. Ular 28-apreldan e’tiboran joriy etilishi kutilmoqda. Maqsad – prezident Vladimir Putin va u tayangan odamlarni global moliyaviy tizimlardan uzish.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG