Obama: Rossiya zaifligidan Qrimni tortib oldi

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama, Bryussel, 26-mart, 2014-yil

Prezident Barak Obama, Bryussel, 26-mart, 2014-yil

AQSh prezidenti Barak Obama bugun Bryusselda Yevropa Ittifoqi va NATO rasmiylari bilan Ukraina masalasini muhokama qilmoqda. Obama alyans rahbariyatini Kiyevga yordam berishga chaqirishi kutilmoqda.

Obama kecha Gaagada o’tgan ikki kunlik yadro xavfsizligi anjumanida qatnashdi. Unga ko’ra, Rossiya zaifligi uchun Qrimni o’ziga qo’shib olishga qaror qilgan.

"Xalqaro hamjamiyat Qrimning Rossiyaga o’tganini hech qachon tan olmaydi", - dedi prezident.

AQSh rahbariga ko’ra, G’arb Ukraina ustidan Rossiya bilan urush qilmaydi.

Sanoatlashgan yetti davlat rahbarlari Gaagada qo’shma bayonot chiqarib, Katta Sakkizlikning iyun oyida Sochida rejalangan sammiti o’rniga Bryusselda Rossiya ishtirokisiz uchrashishga kelishib oldi.

Prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya Katta Sakkizlikka a’zo davlatlar bilan hamkorlikka tayyor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG