Breaking News

Rossiya G'arb sanksiyalariga qarshi javob chorasi ko'radi


Qrimda ukraincha yozuvlar ruschaga almashtirildi, Ukraina bayrog'i o'rnida Rossiya bayrog'i hilpiramoqda, Simferopol, 19-mart, 2014-yil.
Qrimda ukraincha yozuvlar ruschaga almashtirildi, Ukraina bayrog'i o'rnida Rossiya bayrog'i hilpiramoqda, Simferopol, 19-mart, 2014-yil.
Bugun Ukrainaning Sevastopoldagi harbiy-dengiz boshqarmasi Rossiyaga xayrixoh kuchlar tomonidan nazorat ostiga olingan. Ular ukrainalik askarlarga Rossiya tarkibiga kirgan Qrimni tark etishni yoki yarimorolda qolish uchun mahalliy hukumatga qasamyod keltirishni tavsiya qilgan.

Boshqarma ustiga Rossiya bayrog’i o’rnatilgan. Ukrainalik harbiylarga nisbatan kuch ishlatilmagan, ular ham qarshilik ko’rsatmagan.

Qrimda yakshanba kuni referendum o’tkazilib, aholining aksariyati Rossiyaga qo’shilishga ovoz berdi. Kecha esa yarimorol rahbarlari Moskvada bunga doir bitim imzoladi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi Qrimning Ukrainadan ajralishida Rossiyani ayblab, referendum natijalarini tan olmasligini aytib, sanksiyalar joriy etgan.

Prezident Vladimir Putinning aytishicha, Qrim hamisha Rossiyaning ajralmas qismi bo’lgan.

"U Sovet davrida mamlakat konstitutsiyasiga zid ravishda Ukrainaga hadya etilgan", - deydi Putin.

Vashingtondagi universitet talabalari oldida so’zlagan AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Vashington Putinning tarixni o’zicha talqin qilganidan tashvishda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kerri bilan telefonlashib, AQSh sanksiyalarini qoralagan va bu chora javobsiz qolmasligini aytgan.

Rasmiylarga ko’ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan savdoni bas qilsa, Moskva boshqa davlatlari bilan tijoratni kuchaytiradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG