Kerri va Lavrov Parijda Ukraina masalasini muhokama qildi

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Irlandiyaning Shennon aeroportida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali gaplashmoqda. Ikki vazir Parijda uchrashishga kelishib oldi. 29-mart, 2014-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Irlandiyaning Shennon aeroportida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali gaplashmoqda. Ikki vazir Parijda uchrashishga kelishib oldi. 29-mart, 2014-yil

Shu onlarda AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Parijda Ukraina masalasini muhokama qildi. Uchrashuv Rossiya elchisining uyida bo’lib o’tdi.

Juma kuni AQSh va Rossiya prezidentlari Barak Obama va Vladimir Putin telefon orqali suhbatlashib, Ukrainadagi siyosiy tanglikni diplomatik yo’l bilan hal etish zaruratiga urg’u bergan.

So’nggi kunlarda Rossiyaning Ukraina bila chegarasida ko’p sonli askarlar, tanklar, harbiy kemalar to’plangani aytilmoqda.

Lavrov Moskva ularni Ukrainaga yubormaydi deya ishontirdi. AQSh hisobiga ko’ra, Ukraina chegarasida Rossiyaning 40 ming askari to’plangan, Kiyev esa ularning soni 100 mingga yaqin, demoqda.

Lavrovga ko’ra, millionlab ruslar yashovchi Ukrainada barqarorlikni tiklash uchun mamlakatni federallashtirib, mintaqalar vakolatini oshirish lozim.

Kerri Saudiya Arabistonidan Vashingtonga qaytayotgan mahal rossiyalik hamkasbidan uchrashish haqida taklif olib, samolyotni Parijga burgan.

Qo’shma Shtatlar Qrimning Rossiyaga qo’shib olinishini tanqid qilgan. Shu hafta BMT Bosh Assambleyasida 100 mamlakat Qrimdagi referendum natijasini tan olishdan bosh tortdi, 11 nafari uni qo’llab-quvvatladi, 58 davlat, jumladan O’zbekiston, bu masalada betaraf bo’lib, yana bir necha davlat ovoz berishda ishtirok etmadi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyadan Ukrainaga doir siyosatini qayta ko’rishni so’rab, unga sanksiyalar joriy etgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG