Kiyev Kremlni Ukrainaga ko'z olaytirayotganlikda aybladi

  • Amerika Ovozi

Xarkovda faollar Rossiyaga qo'shilishni talab qilmoqda, Ukraina, 7-aprel, 2014-yil

Xarkovda faollar Rossiyaga qo'shilishni talab qilmoqda, Ukraina, 7-aprel, 2014-yil

Ukraina muvaqqat bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk mamlakat sharqidagi namoyishlar ortida Rossiya turganini aytmoqda.

Donetsk, Lugansk, Xarkov shaharlarida faollar davlat idoralarini ishg’ol qilib, Rossiyaga qo’shilish istagini bildirmoqda. Donetskda bir guruh omma mustaqil Donetsk xalq respublikasini e’lon qilgan.

Yatsenyukning aytishicha, ish Kreml rejasiga ko’ra ketmoqda. Namoyishchilar vaziyatni izdan chiqarib, Ukrainaga xorijiy kuchlarning kirishini va ukrain yerini egallashini ko’zlamoqda.

Unga ko’ra, Rossiya qo’shinlari Ukraina chegarasidan 30 kilometr narida turibdi.

Muvaqqat prezident Oleksandr Turchinov nazarida Rossiya Qrim ssenariysini ishga solmoqchi. Hukumat aksil-terror choralari ko’rilishi haqida ogohlantirmoqda.

Xabarlarga ko’ra, Lugansk shahrida namoyishchilar xavfsizlik boshqarmasini qo’lga olgan. Militsiya shaharga kirish yo’llarini to’sgani aytilmoqda.

Aksariyati ruslardan iborat sharqiy viloyatlar aholisi referendum o’tkazilishini talab qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG