Kerri: Rossiya Ukrainada bo'lginchi kayfiyatni kuchaytirmoqda

  • Amerika Ovozi

Xarkovda Rossiya va Ukraina tarafdorlari olishmoqda, 7-aprel, 2014-yil

Xarkovda Rossiya va Ukraina tarafdorlari olishmoqda, 7-aprel, 2014-yil

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukrainaning janubi-sharqiy viloyatlari mamlakat siyosatini belgilashda faol ishtirok etishi lozim, ammo Kiyevdagi yangi hukumat ularning dardiga quloq solmayapti. Hudud aholisining aksariyati ruslardir.

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Rossiya Ukrainadagi separatist kayfiyatni kuchaytirib, mojaro yuzaga kelsa, uni hal qilish uchun qo’shin kiritishga tayyor.

Kerri bu haqda Senat Tashqi aloqalar qo’mitasida so’zlagan. Unga ko’ra, agar Rossiya Ukrainani beqarorlashtirish siyosatini davom ettirsa, prezident Barak Obama unga qattiqroq sanksiyalar qo’llashi mumkin.

Lavrov o’z navbatida Ukraina hukumatini janubi-sharqqa qarshi harbiy tayyorgarlik ko’rayotganlikda ayblab, fuqarolik urushi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

Ukrainaning janubiy va sharqiy viloyatlarida aholi Rossiyaga qo’shilish istagini bildirgan, ammo Kiyevdagi muvaqqat hukumat ularni separatizmda ayblab, namoyishlar bostirilishi mumkinligiga ishora qilgan. Janubi-sharq faollari Rossiyadan yordam so’ramoqda.

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning aytishicha, Xarkov shahrida aksilterror amaliyot paytida shahar hokimiyati binosini ishg’ol qilgan odamlardan 70 nafari hibsga olingan.

Xarkovdagi manzara:
Donetsk va Lugansk shaharlarida ham boshqaruv mahalliy faollar qo’liga o’tgan. Ular Rossiyaga qo’shilish haqida referendum o’tkazishni talab qilmoqda.

Oq uyning bildirishicha, janubi-sharqiy viloyatlarda Rossiyaga xayrixohlik bildirib namoyish qilayotganlarning ayrimlari boshqa joydan keltirilgan va namoyish uchun xizmat haqi olgan bo’lishi mumkin. Ammo Xarkovda hibsga olinganlarning barchasi Ukraina fuqarosi bo’lib chiqdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG