Poroshenko sulh natija berayotganini tan oldi

  • Amerika Ovozi

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko

Ukraina hukumati va sharqdagi isyonchilar fevral oyida Minskda sulh bitimini imzolaganiga qaramay, tomonlar o'q almashishda davom etib kelayotgan edi, biroq o'tgan oy oxirida erishilgan so'nggi kelishuv ish berayotgan ko'rinadi.

Prezident Petro Poroshenkoning o'zi vaziyat ancha barqarorlashganini tan oldi.

Sharqdagi Donbass mintaqasida vujudga kelgan fuqarolar urushi oqibatida shu kungacha 6800 odam nobud bo'lgan. Poroshenko qo'shni Rossiyani isyonchilarni askar va qurol bilan ta'minlayotganlikda ayblab keladi.

Poroshenkoning aytishicha, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida Ukrainaga doir rezolyutsiya loyihalariga veto qo'yib, tashkilot ishini muzlatib qo'ygan. Shu munosabat bilan Ukraina rahbari Rossiyani veto vakolatidan ayirishga chaqirmoqda.

Bu o'rtada mamlakatda siyosiy tanazzul kuchaymoqda. Odessa gubernatori lavozimiga yaqinda tayinlangan Gruziya sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk va uning hukumatini layoqatsizlikda aybladi. Poroshenko esa unga hokimiyatga kelishga yordam bergan millatchilar bilan nizolashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG