BMT: Ukrainada o'lganlar besh mingdan oshdi

  • Amerika Ovozi

Donetskda payshanba kuni trolleybus o'qqa tutilib, kamida 13 odam nobud bo'lgan edi. Taraflar esa voqeada bir-birini ayblayapti. 22-yanvar, 2015-yil.

Donetskda payshanba kuni trolleybus o'qqa tutilib, kamida 13 odam nobud bo'lgan edi. Taraflar esa voqeada bir-birini ayblayapti. 22-yanvar, 2015-yil.

BMT inson huquqlari idorasining hisobicha, Ukraina sharqidagi urushda o'lganlar besh mingdan oshdi. Xalqaro tashkilot vakili Rupert Kolvillning so'zlariga ko'ra, talofatlar soni rasman bildirilgan 5086 kishidan ancha ko'p bo'lishi mumkin.

Oxirgi to'qqiz kunda BMT Ukrainada 262 odam o'lganini aytmoqda.

Bu orada, Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina hukumatini sharqda zo'ravonliklarni avj oldirayotganlikda ayblamoqda. Rossiyaga xayrixoh bo'lginchilar esa Kiyev bilan tinchlik haqida ortiq muzokara qilmoqchi emas.

Donetskda o'zini rahbar deb e'lon qilgan Aleksandr Zaxarchenko, aksincha, sharqda kattaroq hududlarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz, deydi.

Zaxarchenko qo'li ostidagi kuchlarga hujumga zo'r berishni buyurgan.

Donetskda payshanba kuni trolleybus o'qqa tutilib, kamida 13 odam nobud bo'lgan edi. Taraflar esa voqeada bir-birini ayblayapti. Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bu "rus terrorchilari"ning ishi, deydi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov buni Ukraina kuchlarining ig'vosi va dahshatli jinoyat deya ta'riflayapti.

Xalqaro amnistiya tashkiloti hujumni qoralamoqda.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina sharqida rus qo'shinlari va qurollari soni oxirgi oylardan ortganini aytmoqda.

Moskva esa Ukraina mojarosiga bevosita aralashayotganini qat'iyan rad etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG