Tojikiston ziyolilari: Ukraina mojarosi hukumatimizning ko'zini ochishi kerak


Tojikiston Rossiyaga ko'p jihatdan tobe

Tojikiston Rossiyaga ko'p jihatdan tobe

Ukrainada o’tayotgan voqealar, jarayonlarga Markaziy Osiyoda qarashlar turlicha, ammo Rossiyaga xayrixohlik kuchli. Mintaqaga rus ommaviy axborot vositalarining ta’siri kuchli ekani. Qolaversa, Tojikiston va O’zbekistondan millionlab odam Rossiyada mehnat qilib, vatandagi oilasini boqmoqdda. Ukraina Qrimida Rossiyaga qo’shilish istagi baland, aksar aholining o’zi buni istaydi, sobiq SSSR respublikalari, ayniqsa Markaziy Osiyoda Putin siyosati g’alaba qilmoqda deguvchilar ko’p.


Fermer xo’jaligi raisi Olimboy Suyarqulov Rossiyaning Ukrainaga nisbatan munosabatini shunday izohlaydi:

“Voqealar bizga ta’sir qilishi mumkin, lekin Markaziy Osiyo davlatlari Ukrainani qo’llamaydi. Chunki hamma ham tinchlikni xohlaydi”.

Tarixchi va muallim Xudoyberdi Yusupov:

“Bu yerdagi ruslar ham albatta Rossiya taraf, ko’pchilik Putin siyosatini qo’llab quvvatlaydi”.

Ukraina masalasida mintaqa pozitsiyasi ba’zi rus tahlilchilari nazarida unchalik ahamiyatli emas. Markaziy Osiyo xalqlarining fikri dunyo siyosati ummonida bir molyuska, chuvalchang va qumursqadek gap, deydi ruslar.

Bu kabi chiqishlar bilan “Rossiya bizlarni haqoratlagan bo’ladi”, deydi Yusupov.

“Bu- ochiq haqorat! Kamsitmoqda-da bizni. Odam qatoriga qo’shmayapti. Xalqning g’azabini qo’zg’ashga olib kelmoqda”.

Tojikiston Islomiy uyg’onish partiyasi faoli Mirzoqul Xo’jamatov Qrimda mahalliy huquq-muhofaza organlari xodimlariga Rossiya fuqaroligini tasdiqlovchi pasportlar dasta-dasta tarqatilishini milliy manfaatlarga zid hisoblaydi.

"Rossiyada ne azoblar bilan mehnat qilayotgan tojikistonliklar uchun rus pasportini qo’lga kiritish najotdek ko’rinadi, ular bunga osongina ko’nishadi".
Uning fikricha, bunday ish Tojikiston hukumatining ko’zini ochishi kerak. Chunki, Rossiyada ne azoblar bilan mehnat qilayotgan tojikistonliklar uchun rus pasportini qo’lga kiritish najotdek ko’rinadi, ular bunga osongina ko’nishadi, deydi u.

“Bu kalta o’ylovchi insonlar nazarida juda yaxshi narsa, lekin milliyatni o’ylovchi shaxs bo’lsa buning xiyonat ekanligini anglaydi. Buning salbiy
oqibatlari juda ham xunuk. Tojikistonda yirik rus harbiy bazasi borligini, fuqarolarimizning rus pasportiga ishtiyoqlari balandligini e’tiborga oladigan bo’lsak, Ukraina voqealari bizning hukumatimiz ko’zini ochib qo’yishi kerak”,- deydi Xo’jamatov.

Stalin davrida Qrim tatarlari Markaziy Osiyoga quvg’in qilinganlar. Ular bu yerda mahalliy aholida tirishqoq va adolatparvarligi bilan ijobiy taassurot qoldirishgan.

Muallim Yusupov qrim tatarlaridek mehnatkash xalqni tanimadim deydi.

“Bu xalqda ishni tashlab ketish, aldash yo’q edi. Biz birga ishlaganmiz, bilamiz. Qrimdagi vaziyatga o’xshash holat avval ham, 1991- yildayam bo’lgandi. Hozirgisini sotqinlar, vatanfurushlar qilmoqda”,- deydi u.

Tojik jurnalisti Tilav Rasulzoda Ukrainadagi hodisalar dastlab Tojikistonga bevosita ta’sir o’tkazmasa-da, keyinchalik albatta seziladi deydi.

“Ukraina yangi hukumati kelajakda Tojikiston bilan yaxshi aloqalar qilishga intiladi. Chunki, bu yerda agar ular uzoqni ko’zlab ish tutishsa, aynan Tojikiston bilan tez til topishishlari kerak bo’ladi. Gap Rossiya ta’siri haqida ketganda shunday bo’ladi, buning ustiga bizning gidroenergetik loyihalarimizda Ukraina muhim o’rin tutadi”.

Ukrainaning besh foiz qismi Rossiyaga ixtiyoran qo’shilarkan, Tojikiston ziyolilari fikricha, bunda imperiyaning kuchli ta’siri shubhasizdir.
XS
SM
MD
LG