Timoshenkoga yetti yillik qamoq jazosi belgilandi

  • Amerika Ovozi

Timoshenkoga yetti yillik qamoq jazosi belgilandi

Timoshenkoga yetti yillik qamoq jazosi belgilandi

Ukraina sudi sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoni davlat mulkiga zarar yetkazganlik va lavozimini suiiste'mol qilishda aybdor deb topib, yetti yil qamoq jazosiga mahkum etgan.

Yevropa Ittifoqi sud hukmidan norozi ekanini bildirmoqda. Sudya hukmni o'qib eshittirar ekan, Timoshenko 2009-yilda Rossiya bilan gaz bo'yicha bitimni imzolab, byudjetga 200 million dollarlik zarar keltirgan, dedi.

Timoshenko aybiga iqror bo'lmoqchi emas va sud qarorini apellyatsiya qilmoqchi. Muxolifatni boshqarayotgan arbob sudni siyosiy tomosha deb, prezident Viktor Yanukovich o'z raqibidan qutulmoqchi ekanini aytadi.

Yevropa Ittifoqi rasmiysi Ketrin Eshton nazarida sud jarayonida xalqaro normalarga rioya qilinmagan va uning hukmi ittifoqning Ukraina bilan munosabatlariga salbiy ta'sir qiladi.

Yevropa Ittifoqi Timoshenko qamaladigan bo'lsa, erkin savdoga doir bitim tasdiqlanmasligi haqida ogohlantirgan edi. Qo'shma Shtatlar nazarida ham jarayon siyosiylashtirilgan. Timoshenkoning minglab tarafdorlari Kiyevdagi sud binosi yonida namoyish qilmoqda.

Rossiya ham sud hukmidan norozi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG