Turkiya: Sochiga samolyot olib qochishga uringan shaxs hibsda

  • Amerika Ovozi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi rahbari Tomas Bax bilan so'zlashmoqda, 7-fevral, 2014

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi rahbari Tomas Bax bilan so'zlashmoqda, 7-fevral, 2014

Rossiyaning Sochi shahrida Qishki Olimpiya o'yinlari tantanali ravishda ochilayotgan bir paytda Ukrainaning Xarkov shahridan Turkiyaning Istanbul shahri tomon yo'nalgan samolyotda bir shaxs shubhali harakat qila boshlagan.

Ism-sharifi aytilmayotgan bu odam Boeing 737-800 ni Sochiga olib qochmoqchi bo'lgan, deydi Turkiya rasmiylari.

"Pegasus" aviakompaniyasiga qarashli samolyot ichidagi 110 yo'lovchi bilan Istanbulga qo'nishga muvaffaq bo'lgan. Hech kimga zarar yetmagan. Bortda bomba borligi haqida ogohlantirgan shaxs hibga olingan.

Rossiya axborot vositalarining yoritishicha, samolyotni olib qochishga uringan kishi Ukraina fuqarosi va mast holda bo'lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG