Timoshenkoga mamlakatni tark etishga ruxsat yo’q

  • Amerika Ovozi

Timoshenkoga mamlakatni tark etishga ruxsat yo’q

Timoshenkoga mamlakatni tark etishga ruxsat yo’q

Ukraina soboq bosh vazirasi va muxolifat rahbari Yuliya Timoshenko mamlakatni tark etishi man qilingan.

U Bryusselga safar qilib, Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan uchrashishi kutilgan edi.

Biroq Ukraina prokuraturasi Timoshenkoga qarshi qo’zg’atilgan, korrupsiya va mansabni suiiste’mol qilganlik kabi ayblovni tergov qilar ekan, muxolifat yetakchisi mamlakatdan ketishi mumkin emas. Sobiq bosh vazira qamoqda emas.

U jinoiy javobgarlikdan qochishi mumkin, deydi prokuratura rasmiylari.

Timoshenko barcha ayblarni inkor etadi va jinoiy ish siyosiy fitna, deydi.

Vazirani Bryusselga Yevropa Xalq Partiyasi taklif qilgan va ikki kunlik safari chog'ida u Yevropa Parlamenti prezidenti Jerzi Buzek bilan muloqot qilishhi rejalangan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG