Amerika diplomati Rossiyani Ukrainaga yo'latmaslik kerak, deydi

  • Amerika Ovozi

Lugansk, Ukraina sharqi.

Lugansk, Ukraina sharqi.

Qo’shma Shtatlarning bildirishicha, Rossiya Ukraina sharqiga insonparvarlik yordami yetkazishga urinsa, bu harakat o’zga davlatga bostirib kirish deya ko’riladi.

AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer tashkilotning Ukrainaga doir anjumanida so’zladi.

Rossiya sharqiy viloyatlarga gumanitar yuk yetkazish uchun alohida yo’lak ochishni taklif qilmoqda. Pauer fikricha, bunaqa yordamni eltish bilan Rossiya shug’ullanmasligi kerak.

Ukraina xalqaro gumanitar guruhlarning o’z hududida ishlashi va madadni eltishi uchun ruxsat bergan.

Lekin Rossiya bu bahonada Ukraina hududiga kirishiga imkon berish mutlaqo mumkin emas, deb hisoblaydi Amerika diplomati.

Hafta boshida NATO mutasaddilari ham shu kabi ogohlantirish bilan chiqqan, Rossiya tinchlikparvar missiya bahonasida Ukraina sharqiga o’z qo’shinlarini jo’natishi mumkin, degan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG