Amerika: Rossiya Ukraina harbiylarini o'qqa tutayapti

  • Amerika Ovozi

Rossiyaga moyil bo'lginchilar. Donetsk, 21-iyul, 2014-yil.

Rossiyaga moyil bo'lginchilar. Donetsk, 21-iyul, 2014-yil.

Qo’shma Shtatlar Rossiyani Ukrainada harbiylar manzillarini o’qqa tutayotganlikda ayblayapti.

Amerika Mudofaa vazirligining bildirishicha, Rossiya hujumlari Ukraina va rusparast kuchlar o’rtasidagi adovatni yanada avj oldirayapti. Bo’lginchilar Ukraina sharqidagi bir necha shaharda mustaqillik e’lon qilgan.

Davlat departamenti matbuot kotibi Mari Xarfning aytishicha, Rossiya bo’lginchilarga qudratliroq qurollar yetkazishni rejalayotgani haqida dalillar bor. Bu ma’lumot qayerdan kelayotgani, nimaga asoslangani haqida Xarf izoh berishdan bosh tortgan.

Shuningdek, Amerika rahbari Barak Obama kecha kechqurun Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutt bilan gaplashgan. Ikkisi Rossiyani kuchliroq sanksiyalar bilan jazolash zaruratini ta’kidlagan.

Ularning aytishicha, Moskva ayirmachilarni samolyotlarni urib tushirishga qodir qurol bilan ta’minlashda davom etayapti.

O’tgan hafta Ukraina sharqida Malayziya havo yo’llariga qarashli samolyot urib tushirilgan, 298 kishi nobud bo’lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG