Ukraina rahbariyati: Odamlarni otishga buyurgan - Yanukovich

  • Amerika Ovozi

Chapdan - Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov, muvaqqat bosh prokuror Olex Maxnitskiy, Xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenko Kiyevda matbuot anjumanida. 3-aprel, 2014-yil.

Chapdan - Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov, muvaqqat bosh prokuror Olex Maxnitskiy, Xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenko Kiyevda matbuot anjumanida. 3-aprel, 2014-yil.

Ukraina vaqtli ichki ishlar vaziri nazarida Kiyevda namoyishchilarga qarata o’t ochishni buyurgan – hukumatdan ag’darilgan rahbar Viktor Yanukovich.

Muvaqqat hukumat bugun maxsus politsiya bo’linmalaridan 12 xodimni hibsga olishga ko’rsatma berdi. Ular namoyishchilarni o’qqa tutganlikda gumon qilinayapti.

Fevral oyida Ukraina poytaxtidagi g’alayonda yuzdan ziyod odam halok bo’lgan edi.

Bu orada, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukraina chegarasiga tortilgan rus askarlari mashqlarni tugatib, keyin bazalariga qaytadi.

Ukraina mulozimlari hisobiga ko’ra, sharqiy va janubiy chegaralarda 100 mingdan ziyod rus zobiti bor. Ular hujumga tayyor, deydi Ukraina rasmiylari.

NATO generali Filip Bridlovning kecha aytishicha, Rossiya qo’shinlari hujumga shay va Ukrainani uch kunda bosib olishga qodir.

Lavrov esa G’arb va Ukrainani bosiqlikka undab, bu bayonotlarni mantiqsiz, deya ta’riflayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG