Ukraina rahbari Moskva boshliq iqtisodiy ittifoqqa kirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Ukrainaga moliyaviy yordam berishdan maqsad qardosh davlatni qarz girdobidan qutqarish.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Ukrainaga moliyaviy yordam berishdan maqsad qardosh davlatni qarz girdobidan qutqarish.

Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich G'arbni Kiyevdagi ommaviy norozilik namoyishlarni qo'llab-quvvatlagani uchun keskin tanqid qilmoqda.

Chet eldan kelib olib bizga qanday yashash kerakligini o'rgatishmasin, dedi prezident jurnalistlar bilan tele-suhbatda.

U, shuningdek, Moskva boshliq iqtisodiy ittifoqqa qisman bosh qo'yish istagini ham bildirayapti.

Bu orada, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Ukrainaga moliyaviy yordam berishdan maqsad qardosh davlatni qarz girdobidan qutqarish.

Kiyevni Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish fikridan qaytarish yoki boshqa siyosiy foyda undirish niyatimiz yo’q, deydi Putin.

Kecha Ukraina Bosh vaziri Mikola Azarov Rossiya ajratgan yordam mamlakat iqtisodiyotini jonlantirishi, moliya tanazzulning oldi olinganini ta’kidlagan. Poytaxt Kiyevda esa Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni yoqlagan fuqarolar namoyish qilishda davom etayapti.

Vladimir Putin Ukrainaga uzatiladigan tabiiy gaz narxini uch karra pasaytirib, 15 milliard dollar qarz berishga rozi.

Kiyevda muxolifat chiqishlariga boshchilik qilayotgan Vitaliy Klichko bu xabarni ishonchsizlik bilan qarshi oldi.

Uning aytishicha, prezident Viktor Yanukovich Ukrainaning milliy manfaatlari, mustaqilligi va kelajagini Kremlning qo’liga topshirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG