Luganskda 15 fuqaroning jasadi topilgan

  • Amerika Ovozi

Ukraina askarlari jangda, Lugansk, 18-avgust, 2014

Ukraina askarlari jangda, Lugansk, 18-avgust, 2014

Ukraina harbiylari rossiyaparast kuchlar tomonidan o’ldirilgan 15 fuqaroning jasadini topganini da’vo qilmoqda.

Armiya matbuot kotibi Andriy Lisenko deydiki, notinch Luganskdan qochib ketayotgan odamlar, jumladan ayollar va bolalar, separatist to’da hujumiga uchragan.

Bo’lginchi harakat a’zolari esa bu odamlarni askarlarning o’zi o’ldirgan deydi.

AQSh voqeani qoralab, mustaqil tergov olib borish kerak deya bayonot bergan.

Luganskda hukumat kuchlari va separatistlar orasida janglar davom etmoqda.

Ilovaysk shahrida ham to’qnashuvlar avj olib, armiya ustun kelgan. Ilovaysk Donetskdan 20 kilometrcha uzoqda joylashgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukrainaga yo’l olgan gumanitar yordam kolonnasini chegaradan o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishilgan.

Ammo Berlinda Germaniya, Fransiya va Ukraina vakillari bilan mojaroga davomiy yechim topish bo’yicha o’tkazilgan muloqot natijasiz yakunlangan.

“Interfaks” axborot agentligi xabariga ko’ra, Rossiyaga qarashli yordam yuklarini tashiyotgan mashinalar Xalqaro Qizil xoch jamiyati nazorati ostida Ukrainaga o’tkaziladi. Chegarada ular bojxona tekshiruvidan o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG