Donetsk qattiq hujumga uchragan

  • Amerika Ovozi

Donetsk aeroporti

Donetsk aeroporti

Ukraina sharqidagi Donetsk shahri bugun artilleriya hujumiga qattiq uchragan. Mamlakatda ishlayotgan yevropalik kuzatuvchilar bir necha kun oldin hududda og'ir qurol tashib ketayotgan kolonnani ko'rganini tashvish bilan tilga olgan.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti rahbari, Shveysariya Prezidenti va Tashqi ishlar vaziri Didye Burkxalterning aytishicha, hududda zo'ravonliklar qayta avj olishi mumkin. Kecha u Ukraina hukumati va sharqdagi isyonchilarni sentabrda imzolangan sulhga rioya qilishga, zo'ravonliklarga berilmaslikka chaqirgan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, AQSh va Rossiya Ukrainadagi vaziyat bo'yicha ma'lumot almashishga kelishgan. Kerriga ko'ra, Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalar taqdiri Moskvaning Ukrainaga doir qaror va harakatlariga qarab belgilanadi.

Kerri Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan qisqa suhbat qilgan.

Ukraina hukumati Rossiyani isyonchilarni tanklar, og'ir qurollar, o'q-dori va askarlar bilan ta'minlayotganlikda ayblab keladi. NATO rasmiylariga ko'ra, harbiy kolonnadagi yuk mashinalarida askarlar bo'lmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG