BMT rahbari Suriya prezidentini tarixdan saboq olishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun arab dunyosida demokratiya mazvusiga doir anjumanda so'zlamoqda, Bayrut, Livan 15-yanvar, 2012-yil

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun arab dunyosida demokratiya mazvusiga doir anjumanda so'zlamoqda, Bayrut, Livan 15-yanvar, 2012-yil

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya prezidenti Bashar al-Assadni o'z xalqiga nisbatan zulmni bas qilishga chaqirmoqda. Bosh kotib bu haqda Bayrutda arab dunyosidagi demokratiyaga bag'ishlangan anjumanda so'zlagan. Uning aytishicha, "qatag'on yo'li - halokatli yo'l".

Yaqin Sharqdagi inqiloblar xalq yakkahokimlikka ortiq chidab turolmasligini isbotlamoqda, deydi Pan Gi Mun.

"Tunisdagi ilk inqilobdan beri mintaqa rahbarlarini o'z xalqi talablariga, nidosiga, intilishlariga quloq solishga chaqirib kelaman. Ayrimlar shunday qilib, foydasini ko'rdi, boshqalar esa o'zboshimchalik qilib, ularni girdob yutdi. Prezident Assad ham xalqini qirishdan o'zini tiyishi kerak. O'tmishdan saboq olmoq lozim. O'zgarishlar shabadasi yanada qattiqroq esadi. Tunisda yoqilgan olovni endi o'chirib bo'lmaydi", - deydi BMT rahbari.

Suriya davlat axborot agentligining xabar berishicha, prezident Assad 10 oydan beri davom etayotgan namoyishlarda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan amnistiya e'lon qilgan.

BMT hisobicha, mamlakatda 5000 dan ziyod odam o'lgan. Qatar amiri Shayx Hamad bin Halifa al-Taniy zo'ravonliklarni to'xtatish uchun Suriyaga arab qo'shinlarini yuborishni taklif etdi.

Pan Gi Mun o'z chiqishida Isroilga to'xtalib, uni arab dunyosidagi bosqinchlik siyosatiga chek qo'yishga da'vat etib, Falastin yerida qurilgan eski va yangi posyolkalarni noqonuniy, deb atadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG