BMT Haqqoniy guruhi yetakchisini qora ro'yxatga kiritdi

  • Amerika Ovozi

Haqqoniy guruhi G'arbga qarshi ko'p xurujlar uyushtirgan

Haqqoniy guruhi G'arbga qarshi ko'p xurujlar uyushtirgan

BMT Xavfsizlik Kengashi Pokistonda joylashgan Haqqoniy jangari guruhini Afg’onistonda tinch aholi va koalitsiya kuchlariga qarshi xurujlarda ayblab, uning rahbarlaridan biri Qori Zokirni maxsus sanksiyalar ro’yxatiga kiritdi.

BMTga a’zo davlatlar bundan keyin Qori Zokirga tegishli hisob raqamlari va mulkni muzlatishi, uni o’z hududiga kiritmasligi va u bilan qurol savdo qilmasligi lozim bo’ladi. Ushbu ro’yxatga Tolibon rahbarlari ham kiritilgan.

Obama ma’muriyati Qori Zokirni suiqasd xurujlarini keng yo’lga qo’ygan va jangarilarni qurol va portlovchi moddalardan foydalanishga o’rgatayotgan guruh rahbari sifatida global terrorchi deb ham belgilagan.

Davlat departamentiga ko’ra, Zokir Haqqoniy guruhining Kobul, Qunduz, Tahar va Bag’landagi operatsiyalariga mas’ul. Qo’shma Shtatlar guruhni terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga sentabr oyida kiritgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG