Breaking News

Vena konvensiyasidan 20 yil o'tib inson huquqlari buzilishi hanuz davom etmoqda


10-dekabr- Xalqaro inson huquqlari kuni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00
10-dekabr dunyo bo’ylab Xalqaro inson huquqlari kuni nishonlandi. Inson huquqlari bo’yicha BMT oliy komissarligining tuzilganiga hamda butun dunyo mamlakatlarini inson huquqlarini himoya qilishga chaqiruvchi Vena konvensiyasining qabul qilinganiga bu yil 20 yil to’ldi.
Bolalar maktabga borishi kerak. Bu juda oddiy huquq. Ammo o’tgan yili Pokistonda yosh faol Malala Yusufzoy ana shu huquqni himoya qilgani uchun Tolibon hujumiga uchradi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning ayishicha, dunyoda 57 million bola maktabda o’qimaydi. Ularning aksariyati urush zonalarida yashaydi. Ko’pchiligi - qizlar.

“Hech bir bola maktabga boraman, deb halok bo’lmasligi kerak. Hech qayerda o’qituvchilar o’qitishdan yoki o’quvchilar o’rganishdan qo’rqmasligi kerak”, - deydi BMT rahbari.

Vena deklaratsiyasidan ta’lim olish huquqi va bolalar huquqlarini himoya qilish, ayollarga qarshi zo’ravonlikni tugatish hamda ochlikka chek qo’yish kabi maqsad va vazifalar o’rin olgan.

Inson huquqlari bo’yicha Bosh kotib o’rinbosari Ivan Simonovichning aytishicha, 1993-yilda qabul qilingan qonun tub o’zgarishlar yasadi.

“U inson huquqlarini global harakatlarning boshiga chiqargan katta voqea bo’ldi”, - deydi u.

Ammo muvaffaqiyatlarga qaramay, bu yo’nalishda hali qilinadigan ishlar ko’p, dydi “Human Rights Watch” tashkiloti vakili Filip Bolopion.

“Ehtimol, bugun Suriyada azob chekayotgan fuqarolar yoki Markaziy Afrika Respublikasidagi odamlar xalqaro hamjamiyatning qo’lidan hech narsa kelmayotgani haqida o’ylayotgandir. Ular haq. BMTda inson huquqlari eng ustuvor vazifa maqomiga olib chiqilganiga qaramay, hanuz fojea darajasidagi muvaffaqiyatsizliklarimiz ko’p. Buning badalini oddiy fuqarolar to’lamoqda”, - deydi u.

Simonovichning aytishicha, odatda, nizolar inson huquqlarining poymol etilishi ortidan boshlanadi.

“Agar o’z vaqtida harakat qilsak, ularning oldini olishimiz mumkin. Bosh kotib hozir “Avvalo huquqlar” deb nomlangan yangi harakat rejasi ustida ishlayapti. Bu reja yangi paydo bo’layotgan nizolarni bartaraf etish markaziga inson huquqlari masalasini qo’yadi”, - deydi BMT rasmiysi.

Inson huquqlari himoyasi uchun hukumatlar mas’ul. Ammo Suriya va Markaziy Afrika Respublikasidagi huquqbuzarliklarda hukumatlarning o’zi ayblanmoqda.

“Human Rights Watch” vakili Bolopion Markaziy Afrika Respublikasiga borib, vaziyatni o’rgandi.

“Ko’pincha aholiga qarshi sodir etilgan jiddiy jinoyatlar ortida hukumatning o’zi turadi. Bu hol ro’y berganida, javobgar xalqaro hamjamiyat tomonidan to’xtatilishi kerak” – deydi u.

Xalqaro inson huquqlari kunida BMT besh huquq himoyachisini oliy mukofot bilan taqdirladi. Ular orasida marokashlik jurnalist hamda pokistonlik yosh faol Malala Yusufzoy bor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG