BMT Qirg’iziston sudidan Asqarovga hurmat, muruvvat so’radi

  • Amerika Ovozi

BMT Qirg’iziston sudidan Asqarovga hurmat, muruvvat so’radi

BMT Qirg’iziston sudidan Asqarovga hurmat, muruvvat so’radi

BMT Inson huquqlari komissari Navi Pillay Qirg’iziston Oliy sudining o'zbek faoli Azimjon Asqarovga nisbatan qaroridan bag'oyat afsusda.

Sudi adolatsiz o’tib, qamoqda qiynoqqa solingani haqida dalillar bor, ammo Asqarov umrbod qamoq jazosini o’tamoqda.

20-dekabrda majlis qilgan Oliy Sud bu hukmni o’zgarishsiz qoldirgan.

Janubdagi “Vozdux” huquq tashkiloti rahbari Asqarov 2010-yilda militsionerni o’ldirib, ommaviy g’alayonni tashkil qilganlik hamda elatlarado adovatni avj oldirganlikda aybdor topilgan va mulki musodara qilingan.

Asqarovning qamalishi o’tgan yilning yozida Jalol-Obodda etnik to’qnashuvlarni kuzatib, xatlab borgani bilan bog’liq ekani aytiladi.

Mahbus qiynoqqa solinib, shafqatsiz bir ahholda saqlangani ma’lum, biroq bu shikoyatlar tekshirilmagan, deydi Pillay.

Azimjon Asqarov

Azimjon Asqarov

Xalqaro qonunlariga binoan, bu kabi da’volarni adliya, prokuratura tezlikda, xolisona tekshirishi lozim. Qirg’iziston Qiynoqlar va g’ayriinsoniy jazoga qarshi xalqaro konvensiyani ham tan olgan va ularga bo'ysunishi shart.

To’plangan ma’lumotga ko’ra, 2010-yilgi qirg’indan keyin ushlangan fuqarolar ayovsiz kaltaklangan, qiynoq usullari qo'llangan.

Mahbuslar ko'p hollarda advokat va oilalar bilan ko’rishish imkoniga ega emas. Advokatlar sud hujjatlari bilan to’liq tanisha olmaydi.

Asqarovning ishi Qirg’izistonda boshqaruv, huquq-tartibot tizimi o’ta zaif ekanidan dalolat beradi. Qirg'in ketidan 5000 dan ziyod jinoiy ish qo’zg’atilgan bo'lsa, ularning aksariyati BMT huquq normalariga to’g’ri kelmaydi.

“Huquq-tartibot organlari qonun ijrosi, fuqaro himoyasi bilan shug’ullanish o’rniga huquqbuzarlik bilan shug’ullandi”, - deydi BMT rasmiysi. “Advokat, faollar va guvohlar ham og’zaki, ham jismoniy tahqirlash bilan yuzlashgani haqida dalillar bor”.

Appelyatsiya paytida ayblanuvchi, ularning oila va himoyachilariga nisbatan, ularning millatiga nisbatan haqoratli gaplar aytiladi. Sudyalar bu kabi chiqishlarni to’xtatmagan paytlar bo’lgan.

“Ayblanuvchi va uning oilasi qaysi millatga mansub ekanidan qat’iy nazar sudya xolis, betaraf bo’lib qolishi lozim. Hakamlar qonun kafolatchisi sanaladi va biz ularni Konstitutsiya, xalqaro qonunlarga rioya qilgan holda ishlashga chaqiramiz”, - deydi Navi Pillay.

Qirg'iziston janubidagi muhit bilan mana bu yerda tanishing.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG