BMT: Inson huquqlari qadriyat sifatida yemirilib bormoqda

  • Amerika Ovozi

Human Rights Watch tashkiloti Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Qirg’iziston va O’zbekistonda huquq bobida islohotlar zaruratini uqtirib keladi.

Human Rights Watch tashkiloti Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Qirg’iziston va O’zbekistonda huquq bobida islohotlar zaruratini uqtirib keladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, jinsiy tajovuz, sudsiz qatl etish, asossiz qamoqqa olish, dom-daraksiz ketish hollari dunyoning har burchagida uchraydigan holat.

Hatto demokratik jamiyatlarda ham terrorizmga qarshi kurash va kelgindilardan xavfsirash hissi bois inson huquqlari qadriyat sifatida yemirilib bormoqda.

BMT Inson huquqlari kengashi raisi Navi Pillay joriy yilda erishilgan yutuqlar, qo’ldan boy berilgan imkoniyatlarni sarhisob qilmoqda.

Bu yil Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi imzolanganiga 62 yil to’ldi. Bu davr ichida hujjat huquqiy qadriyatlar nizomi, millionlab xor insonlar uchun mayoq rolini o’tadi.

"Shri Lankada urush nihoyasiga yetdi. Lekin jangarilar va armiya o’q almashayotib, o’rtada qolgan aholini kim o’yladi? Holbuki, sodir etilgan jinoyatlar bosti-bosti bo’lib ketdi".

"Shri Lankada urush nihoyasiga yetdi. Lekin jangarilar va armiya o’q almashayotib, o’rtada qolgan aholini kim o’yladi? Holbuki, sodir etilgan jinoyatlar bosti-bosti bo’lib ketdi".

Huquqni himoya qilib, adolatsizlikka qarshi bosh ko’targan minglab insonlar va ularning yaqinlari himoyaga muhtoj, deydi Navi Pillay.

“Kamsitish, tahqirlashga qarshi kurashar ekan, har yili necha-necha huquq himoyachisi ta’qib, zo’ravonlik, qamoq va hatto o’lim bilan yuzlashadi”, - deya eslatadi BMT rasmiysi.

Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti rahbari Juli de Rivero bu yilgi ahvol avvalgi yillarga qarganda yaxshi yoki yomon ekanini aniq aytish qiyin, deydi. Shunisi ayonki, jinoyatlat jazosiz qolmoqda. De Rivero xonim Shri Lankani misol qilib keltiradi.

“Shri Lankada urush nihoyasiga yetdi. Lekin jangarilar va armiya o’q almashayotib, o’rtada qolgan aholini kim o’yladi? Holbuki, sodir etilgan jinoyatlar bosti-bosti bo’lib ketdi. Biror kishi javobgarlikka tortilmadi”, - deydi Juli de Rivero.

"Uzoq yillar avtoritar rahbarlar hukmronligi ostida yashab, bugun erkin diyorlarga aylangan Argentina bunga yaqqol misol”, - deydi BMT vakili. “Faqat taslim bo’lmaslik lozim".

"Uzoq yillar avtoritar rahbarlar hukmronligi ostida yashab, bugun erkin diyorlarga aylangan Argentina bunga yaqqol misol”, - deydi BMT vakili. “Faqat taslim bo’lmaslik lozim".

Uning aytishicha, terrorga qarshi urush va xavfsizlikka doir choralar sabab ham inson huquqlari poymol etilmoqda. Yevropada, masalan, muhojirlarga nisbatan munosabat salbiylashgan.

Jinsiy zo’rlash qanchalik dahshatli jinoyat bo’lmasin, ko’plab jamiyatlarda bu hollar yoppasiga amalga oshirilayotgani ma’lum.

Human Rights Watch tashkiloti rahbarining qayd etishicha, Kongo Demokratik Respublikasida, masalan, hokimiyat uchun kurashayotgan jangari guruhlar qishloqma qishloq yurib, ayollarni zo’rlaydi.

Bu bilan ular aholini o’ziga bo’ysundirishga harakat qiladi. Jabrdiydalar esa bir umrga majruhlanib qoladi, ruhan va jismonan.

Rupert Kolvil, BMTning Inson Huquqlari Kengashi vakili deydiki, huquq bobidda ayrim yutuqlarga ham erishilgan. Lekin, deya eslatadi u, qiynoqlar hamon keng qo’llanmoqda.

“Dunyoning deyarli har bir davlatda qiynoqlar taqiqlangan, jinoyat deb tamg’alangan. Lekin aksariyat mamlakatlarda unga qo’l urgan kishilar jazosiz qolmoqda”, - deydi u.

“Ayollar, gomoseksual kishilar, nogironlar, keksalar, mayda elatlarni kamsitishlar… Rivojlangan davlatlarda, ayniqsa, oxirgi yillarda immigrantlarga muomala yomonlashgan”, - deydi Rupert Kolvil.

Human Rights Watch tashkiloti rahbarining qayd etishicha, Kongo Demokratik Respublikasida, masalan, hokimiyat uchun kurashayotgan jangari guruhlar qishloqma qishloq yurib, ayollarni zo’rlaydi.

Human Rights Watch tashkiloti rahbarining qayd etishicha, Kongo Demokratik Respublikasida, masalan, hokimiyat uchun kurashayotgan jangari guruhlar qishloqma qishloq yurib, ayollarni zo’rlaydi.

Adolat charxpalagi juda sekin aylanadi, deydi Kolvil. Jinoyatchini tutish ba’zida yillar talab qilishi mumkin, lekin adolat baribir qaror topadi.

“Uzoq yillar avtoritar rahbarlar hukmronligi ostida yashab, bugun erkin diyorlarga aylangan Chili va Argentina bunga yaqqol misol”, - deydi BMT vakili.

“Faqat taslim bo’lmaslik lozim. Oradan 20-30 yil o’tib ham odamlar sudga tortiladi. Ikkinchi Jahon Urushi yillarida jinoyat sodir etgan shaxslar bugun sud zalida. Adliya tizimining o’zagi, qudrati ham shunda. Yillar o’tgani bilan jinoyat unutilmaydi. Hozir hukmron kishilar “qudratliman, adolatning menga dahli yo’q”, deb o’ylashi mumkin. Lekin yillar o’tib, vaziyat o’zgaradi”.

Inson huquqlari uchun kurashuvchi kishilarni xalqaro huquqiy tashkilotlar himoya qiladi. Dunyoda huquqqa oid to’qqiz eng muhim xalqaro hujjat bor. Uni ma’qullagan davlatlar odamzotni e’zozlash majburiyatini bo’yniga olgan.

Human Rights Watch tashkiloti Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Qirg’iziston va O’zbekistonda huquq bobida islohotlar zaruratini uqtirib keladi.

Qirg’izistonda bahor va yozgi g’alayon, etnik to’qnashuv sabablari, hibsdagilar va o’lganlar ishi izchil, xolis tergov qilinishi kerak, deydi tashkilot rasmiylari.

O’zbekistonda esa qamoqdagi huquq himoyachilari va jurnalistlar ozod qilinishi, ommaviy axborot vositalari xodimlarini ta’qib qilishga chek qo’yilishi kerak, deyiladi Human Rights Watch bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG