Tolibon o'qqa tutgan qizaloq BMT minbarida

  • Amerika Ovozi

Malala Yusufzay, qizlar bilim olsin deya talab qilgani uchun Tolibon tomonidan o'qqa tutilgan o’smir, Nyu-Yorkda BMT qarorgohida Bosh Assambleya oldida nutq so'zladi.

Ekstremistlarni dahshatga soladigan narsa kitob va qalam deya, u barchani ta’lim olishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jumani “Malala kuni” deya e’lon qilib, o’limdan omon qolgan pokistonlik qizaloqqa yuqori minbardan turib xalqaro hamjamiyatga murojaat qilish imkonini berdi.

“Malala kunini o’z huquqi uchun kurashgan har bir ayol, o’g’il va qizga bag’ishlayman”, - dedi Yusufzay.

“Tolibon, terrorchi va ekstremistlarning farzandlari ham ta’lim olishini xohlayman”.

Xalqaro gumanitar tashkilotlarga ko’ra, Pokiston qiz-juvonlarning bilim olishi qattiq cheklangan jamiyatlardan biri. Saxodxonlik va maorifga ajratiladigan mablag’ hajmi bo’yicha ham eng quyi pog’onada turadi.

16 yoshli Yusufzay Malala boshidan o’q yeb, Britaniyada davolandi va ayni paytda bu davlatning Birmingem shahrida yashamoqda.

Uning “kitob va qalam jaholatga qarshi eng qudratli qurol” degan so’zlari BMTda gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG