Breaking News

BMT 2000-yilda belgilagan vazifalar qanchalik bajarildi?


Birlashgan Millatlar Tashkilotining ogohlantirishicha, donorlik yordami kamayib ketgani bois 2000-yilda belgilangan Ming yillik vazifalar ijrosi orqaga surilmoqda. 2011-yilda taraqqiyot uchun zarur 300 milliard dollarning zo’rg’a yarmi ajratilgan xolos.

BMT va Ming yillik vazifalar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00
Yuklab oling


Malavi davlatining olis qishloqlaridan birida yashovchi Margaret Gift farzandini mobil klinikaga tekshiruvga olib kelgan. Unda ich ketish aniqlandi, ammo shu yerning o’zida davolashadi.

Bolalar orasida o’lim hollarini kamaytirish BMTning Ming yillik vazifalaridan biri. Malavida bu jabhada katta progress kuzatilmoqda. Mamlakat sog’liqni saqlash tizimi markazlashmagan sistemaga o’tayotgani katta rol o’ynamoqda, deydi UNICEF, BMT qoshidagi bolalar jamg’armasi xodimi Viktor Chinyama.

“Yangi sistemaning ustun jihati shundaki, mahalla yoki qishloqning o’zida bezgak, zotiljam va ich ketish kabi bolalar orasida ko’p uchraydigan kasalliklarni davolay oladigan vrachlar bor”, - deydi UNICEF vakili.

So’nggi 12 yil mobaynida besh yoshgacha bo’lgan bolalar orasida o’lim hollari global miqyosda 40 foizga kamaygan. Bu juda yaxshi ko’rsatkich.

Lekin, deya ogohlantiradi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, yutuqlar boy berilishi mumkin, chunki donorlar va’da qilgan 167 milliard dollardan haligacha darak yo’q.

“Taraqqiyot uchun ajratiladigan mablag’lar o’tgan yili ilk marotaba kamayib ketdi. Tejamkorlikni bahona qilib yo’qsillarga yordamni uzmang”, - deya Pan Gi Mun hukumatlarga murojaat qilmoqda.

Professor Ann Mills rivojlanayotgan davlatlarning sog’liqni saqlash tizimlarini o’rganadi.

“Moliyaviy resurslar kamayib ketgani tashvishlanarli. Agar bu kelajakda ham davom etsa, onalar va bolalar orasida o’lim sur’ati yana o’sishiga olib keladi”, - deydi mutaxassis.

Iqtisodiy krizis davom etayotgan bir paytda ko’pgina davlatlarning qo’shimcha xarajatga holi yo’q.

“Deylik, Britaniyada xorijiy yordam o’zi qanchalik samarali degan bahslar avj olgan. Boshqa donor jamiyatlarda ham shu ahvol”.

BMT dasturlari 2000-yildan buyon millionlab insonlar hayotini yaxshilagani rost. Aholini toza ichimlik suvi va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlashda, qashshoqlikda qarshi kurashda sezilarli natijalarga erishilgan. Moliyaviy taqchillik bu jarayonni izdan chiqarishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG