BMT kuzatuvchilari Suriyada ishini to'xtatdi

  • Amerika Ovozi

BMT kuzatuvchisi, Damashq tevaragi, Suriya, 23-may, 2012-yil.

BMT kuzatuvchisi, Damashq tevaragi, Suriya, 23-may, 2012-yil.

Suriyalik muxolifatchilarning aytishicha, hukumat kuchlari isyonchilar faol Hims shahriga qarshi hujumlarini kuchaytirgan. Kamida 11 kishi o’lgan, deydi ular. Kechagi hujumlar va janglarda 50 odam nobud bo’lgan.

Muxolifat prezident Bashar al-Assad hukumatini zo’ravonliklarda ayblasa, rasmiy Damashq terrorchilar bilan olishyapmiz, deydi.

Vaziyat keskinlashar ekan, BMTning 300 kuzatuvchisi kecha ishini to’xtatgan.

"Biroq mamlakatni tark etish rejamiz yo’q", - deydi missiya rahbari, general Robert Mud.

Kuzatuvchilar BMT vakili Kofi Annan taklif etgan tinchlik rejasi ijrosini nazorat etmoqda. Biroq tomonlar rejaga amal qilmayapti, xususan qurolli to’qnashuv davom etmoqda.

Suriya muxolifati nazarida BMT kuzatuvchilari vazifaning uddasidan chiqa olmadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG