Kerri: Falastin mustaqilligi haqida BMTda bong urishdan foyda yo'q

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Ramallohda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan, 2014-yil boshida olingan surat.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Ramallohda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan, 2014-yil boshida olingan surat.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri deydiki, hozir Birlashgan Millatlar Tashkilotida Falastin davlatchiligini muhokama qiladigan payt emas.

Arab mamlakatlari bu mavzuni yana katta sahnaga olib chiqsa, boshqa muhim masalalar chetda qolib, bu samarasiz muloqot uchun vaqtni bekorga sarflashadi, deydi Amerika bosh diplomati.

Kelayotgan dushanba kuni Rimda Kerri Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashadi. Vashington yahudiy davlatini Falastin bilan tinchlikka erishish uchun muzokara stoliga qaytishga undab kelmoqda.

Obama ma'muriyati nazarida ikki tomon kelishib olmasdan Falastin mustaqil davlat bo'lsin deya bong urish uzoqni ko'zlamay ish tutish bo'ladi.

Isroil va Falastin yonma-yon tinchlikda yashay olishini ta'minlovchi bitimlar imzolanishi shart, deydi Kerri. Oxirgi marta tomonlar aprel oyida ko'rishgan. Kerri vositachilik qilgan. Muzokara samara bermagan.

Iordaniya singari davlatlar nigohida Isroil bilan til topishishni kutib o'tirish bu muammo hech qachon hal bo'lmaydi deganidir. Yahudiy davlat, ayniqsa, uning hozirgi hukumati, Falastinni alohida tuzum va jamiyat sifatida oyoqqa turishini xohlamaydi degan ishonch kuchli. Shu bois ham BMT Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olsin degan rezolyutsiya yana olg'a surilishi mumkin. Iordaniya bu tashabbusga boshchilik qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG